Safina Sa’dullayeva Istanbulda barchani lol qoldirdi

Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib bormoqda.

Yig‘in doirasida atletimiz Safina Sa’dullayeva Istanbul shahrida o‘tkazilgan “Ruhi Sarıalp Atlamalar Kupası” turnirida qatnashdi. Musobaqaning balandlikka sakrash yo‘nalishida ishtirok etgan Safina 1.86 metr natija bilan shohsupaning birinchi pog‘onasidan joy oldi. Mazkur g‘alaba atletimizga jahon reytingi uchun 1082 ochko taqdim qildi.

Ulashing | Поделись этим: