Arqonda sakrashning foydasini bilasizmi?

Arqonda sakrash mashqi – inson salomatligini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi.

U yurak faoliyatini yaxshilaydi, organizmda yig‘ilib qolgan tuzlarni haydashga yordam beradi va yana bir muhim jihati — bu stressga qarshi kurashishda eng samarali vositalardan biri. Arqonda sakrash mashqlari asab tizimiga ham ijobiy taʼsir ko‘rsatib, kayfiyatni yaxshilaydi.

Arqonda sakrash natijasida toksin va toshqol(shlak)lar inson organizmidan chiqib ketadi, qon tomir varikozi kuchaymaydi.

Shunday ekan, stress holatidan tezroq chiqishni istasangiz, har kuni ko‘p emas, 5-10 daqiqa arqonda sakrash mashqini bajarib turing.

Ulashing | Поделись этим: