O’zbekistonda ilk bor 7-8 sinf o’quvchilari o’rtasida Al-Xorazmiy nomidagi matematika olimpiadasi o’tkazilmoqda

27 fevral kuni olimpiadaning hududiy bosqichiga start berildi.

Olimpiada topshiriqlari Xalq ta’limi vazirligi Fan olimpiadalari bo’yicha iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash Departamenti tomonidan tayyorlandi.

Topshiriqlarni bajarish uchun ishtirokchilarga 120 daqiqa vaqt ajratiladi.

Xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda 7-8 sinf o’quvchilari sinflariga ajratilmasdan, teng imkoniyatlar asosida topshiriq bajaradi. Har bir hududdan eng yuqori natijalarni qo’lga kiritgan 6 nafar ishtirokchi respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo’lga kiritadi.

Hududiy bosqich olimpiada javoblari bugunning o’zida e’lon qilinadi. Olimpiadaning Respublika bosqichi mart oyida o’tkazilishi rejalashtirilgan.

Ulashing | Поделись этим: