Navoiylik 11-sinf o‘quvchisi olimpiadada ishtirok etib, 49 mln so‘m pul mukofoti sohibi bo‘ldi

Navoiy shahridagi 11-alohida fanlar chuqur o‘qitishga ixtisoslashgan maktabning 11-sinfida ta’lim olayotgan Yorqinbek Turdiboyev AKFA universiteti tomonidan tashkil etilgan 3 bosqichli olimpiadada ishtirok etdi.

So‘nggi bosqichda biologiya fanidan 1-o‘rinni egallab, 25 million, ingliz tili fanidan 5-o‘rinni ishg‘ol etib, 15 million, matematika bo‘yicha 6-o‘rinni qo‘lga kiritib, 9 million so‘m mukofot bilan taqdirlandi.

Mukofotlarning umumiy miqdori 49 million so‘mga teng.

Shuning bilan bir vaqtda Yorqinbek mazkur universitetning tibbiyot fakultetiga shartnoma asosida o‘qish huquqini qo‘lga kiritgan. Shartnoma asosida ta’lim olishning 58 million so‘mga tengligi va 49 million mukofot puli chegirib qolinishi ham uning oilasi uchun katta yutuq.

Shu kunga qadar u 2 nufuzli universitet talabasi. Bundan oldin ham AQShning IOWA universiteti biologiya-meditsina yo‘nalishi granti sohibi bo‘lgan.

Ulashing | Поделись этим: