Farg‘onada xalqaro olimpiadaga start berildi

Farg‘ona viloyatida xalqaro olimpiadaning 9-10-11-sinflari o‘rtasida kimyo, biologiya, fizika, matematika, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan saralash bosqichiga start berildi.

Ta’kidlanishicha, respublika asosiy fan olimpiadalarining viloyat bosqichida 1-5-o‘rinni egallagan 76 nafar o‘quvchilar o‘zaro bellashmoqda. Ishtirokchilar xalqaro miqyosda tashkil etiladigan STEAM fanlar (Matematika, Kimyo, Fizika, Biologiya va Informatika) yo‘nalishida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazgan.

Ma’lum qilinishicha, bilimlar bellashuvi adolatli va belgilangan tartibda o‘tishi uchun barcha choralar ko‘rilgan. Tadbir Farg‘ona shahridagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tmoqda.

Ulashing | Поделись этим: