Narpaylik oʻqituvchi “One Million Uzbek Coders” tanlovida gʻolib boʻldi

35-maktab oʻqituvchisi Top-100 talikka kirgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligi hamkorligida umumtaʼlim maktablarining informatika fani oʻqituvchilari uchun tashkillashtirilgan “One Million Uzbek Coders” tanlov gʻoliblari eʼlon qilindi. 

Narpay tuman hokimligi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, Top-100 talikka kirgan Narpay tuman XTBga qarashli 35-maktab informatika fani oʻqituvchisi Doniyor  Joʻraqulov mazkur tanlovda muvaffaqiyatli qatnashib, 4,46 mln soʻm miqdoridagi pul mukofotiga ega boʻldi!

Ulashing | Поделись этим: