Karate bo‘yicha yosh chempionlar aniqlanmoqda

Karate bo‘yicha yosh chempionlar aniqlanmoqdaJoriy yilning 1-3 mart kunlari Poytaxtimizning “Universal” sport saroyida karate bo‘yicha bolalar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Bugun ushbu chempionat bahslarida 8-9 yoshli karatechilar tatamiga ko‘tarilib kata va kumite yunalishlarida eng kuchlilar saralandi.

Musobaqalarning tantanali ochilish marosimi ham o‘tkazildi. Unda xushovoz xonandalar o‘z kuy-qo‘shiqlari bilan yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Shuningdek, mohir karatechilarning ko‘rgazmali chiqishlari davraga fayz bag‘ishladi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston karate milliy federatsiyasi tomonidan 2020 – yil yakunlari bo‘yicha bir kator faol sportchi va murabbiylar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Musobaqalarning ikkinchi kuni (2 – mart kuni) 10 – 11 yoshli sportchilar o‘rtasida bellashuv bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, chempionatning uchinchi kuni (3 – mart kuni) 12 – 13 yoshli sportchilar karatening yakka kata, jamoa kata va yakka kumite yo‘nalishlarida Respublika chempionlarini aniqlashadi.

Ulashing | Поделись этим: