SPORTSEVAR BOLALAR - Dono.uz

Yurtimizda bolalar uchun yaratib berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish natijasida yildan-yilga fan, sport, san’at va boshqa sohalarda iqtidorli o‘quvchilar va g‘oliblar soni ortib bormoqda. Respublikamizning har bir viloyatidagi, shahar-u qishloqlardagi maktab, litsey, sport maktablarida qizg‘in musobaqalar bo‘lib o‘tmoqda. Albatta, har bir sportchi g‘oliblik sari intiladi. Zero, intilganga tole yor, deydilar. Farg‘ona viloyati Beshariq tumanidagi 3-maktabning sportsevar bolajonlari ham asta-sekin g‘oliblik pog‘onalariga qadam qo‘ymoqdalar. Ayniqsa, maktabning 4-“A” sinf o‘quvchilari tumanlararo musobaqalarda yuqori natijalarga erishmoqdalar.

Jumladan, Asadbek Mansurjonov sportning taekvondo turi bo‘yicha 2014-yili “Sog‘lom bola yili” va 1-iyun– Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab Quvasoy shahrida o‘tkazilgan musobaqada 2-o‘rinni, mustaqil-ligimizning 23 yilligiga bag‘ishlangan musobaqada 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shu sinfning o‘quvchilaridan Feruza Hoshimova va Abdulloh Aliyevlar ham taekvondo bo‘yicha tuman bosqichida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdilar. Bolajonlarning bu yutuqlarni qo‘lga kiritishida ustozi Ahrorjon To‘xtaboyevning bergan saboqlari katta o‘rin tutadi. Sport olamiga ilk qadamlarini qo‘yib kelayotgan jajji g‘olib-larimizga faqat oq yo‘l va g‘alabalar yor bo‘lishini tilab qolamiz.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi.

Free WordPress Themes