3-mart Xalqaro yovvoyi tabiat kuni. Nega aynan 3-mart?

BMT Bosh assambleyasining 2013-yil 20-dekabrdagi rezolutsiyasiga ko’ra, har yili 3-martni «Xalqaro yovvoyi tabiat kuni» sifatida nishonlash belgilangan.

Nega aynan 3-mart?

Yo’qolib ketish xavfi ostida bo’lgan yovvoyi hayvon va o’simlik turlarining xalqaro savdosi to’g’risida Konvensiya (Convention on International Trade in Endangered Species of Wild Fauna and Flora – CITES) aynan 1973-yil 3-mart kuni qabul qilingan. Mana shu konvensiya qabul qilinganligining 40 yilligi munosabati bilan bo’lgan tadbirda aynan 3-mart kuni «Xalqaro yovviyi tabiat kuni» sifatida belgilandi.

Ushbu konvensiyaga ko’ra ro’yxati shakllantirilgan hayvon va o’simliklarni biror davlat chegarasidan yashirincha olib o’tish, ularni noqonuniy ravishda sotish yoki sotib olish jinoyat hisoblanadi. Konvensiyaning 3 ta ilovasi mavjud bo’lib, unga 35 mingdan ortiq hayvon va o’simliklar kiritilgan. O’zbekiston ham ushbu konvensiyani ratifikatsiya qilgan. Osiyo qit’asida uchta davlat: Shimoliy Koreya, Tojikiston va Turkmaniston ushbu konvensiyani ratifikatsiya qilmagan.

Xalqaro yovvoyi tabiat kunida butun dunyo bo’yicha noyob va qirilib ketish xavfi ostida bo’lgan turlarning savdosiga qarshi kurash, ushbu turlarni himoya qilishga masalasi yana bir marta kun tartibiga olib chiqiladi.

@hujayrauz

Ulashing | Поделись этим: