Maktablarda taʼlim berayotgan oʻqituvchilarning 87,8 % i oliy maʼlumotga ega

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2020-2021-oʻquv yili boshiga respublikamizdagi umumtaʼlim muassasalarida jami 507 987 nafar oʻqituvchilar faoliyat yuritmoqda.

Jami oʻqituvchilarning 52,9 % i qishloq maktablarida va 47,1 % i shahar maktablarida faoliyat yuritib kelmoqda.

Umumtaʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan jami oʻqituvchilarning 12,2 % i oʻrta maxsus maʼlumotli va 87,8 % i oliy maʼlumotga ega.

Qayd etish kerakki, respublikamizda umumtaʼlim muassasalarida bitta oʻqituvchiga oʻrtacha 12 nafar oʻquvchi toʻgʻri keladi.

Ulashing | Поделись этим: