16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilari o‘z vaqtida ID karta olishlari lozim

OTMga onlayn hujjat topshirish uchun maktab (lisey va kasb-hunar kollejlari) bitiruvchilarning pasport ma’lumotlari, shu jumladan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami (JShShIR) kiritish talab etiladi. Shu bois, 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilar o‘z vaqtida pasportga tenglashtirilgan ID karta olishlari zarur, deb eslatmoqda Xalq ta’limi vazirligi.

Ma’lumot uchun, joriy o‘quv yilida maktablarni 437 mingdan ortiq o‘quvchilar bitiradi. Bugungi kunda bitiruvchilarning elektron ma’lumotlar bazasi attestat.uzedu.uz saytida 16 yoshga to‘lgan 153 mingdan ortiq bitiruvchilar (35%) pasport olmagan.

Eslatib o‘tamiz, 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilar pasport olishlari uchun o‘zlari doimiy ro‘yxatda turgan hududdagi Ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalariga murojaat etishlari mumkin.

ID-karta rasmiylashtirilganligi va berilganligi uchun davlat boji bazaviy hisoblash miqdorining 89 foizi – 218 050 so‘mni tashkil etadi.

Ulashing | Поделись этим: