Onlayn-maktab loyihasi 3 ta telekanal orqali namoyish etilmoqda

Karantin davrida maktab o‘quvchilari o‘qishini davom ettirishi uchun Xalq ta’limi vazirligi tashabbusi va O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi hamkorligida televizion darslar tasvirga olinib, 30 martdan boshlab har kuni coat 8:30 dan 3 ta telekanal orqali namoyish etilmoqda.

Ushbu Onlayn-maktab loyihasi qisqa muddat ichida 4-chorak arafasida ishga tushirildi.

❗️«Navbatdagi masala: ushbu darslarni doimiy takomillashtirib borish», — deb yozmoqda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov.

Shu bo‘yicha takliflarni yig‘ish, o‘rganish maqsadida maxsus onlayn forma tashkil etilgan.

✔️ OTA-ONALAR, PEDAGOG VA O‘QUVChILAR!

Barcha takliflarni aynan ushbu forma orqali yuborishingizni iltimos qilamiz.

▪️Darslar efirida uzilish bo‘lib qolmasligi uchun onlayn darslar kamida bir hafta zahirasi bilan yozib boriladi va montaj vaqtiga qarab efirga uzatib boriladi.

🔰 Sherzod Shermatov: «Shu alohida eslatishni istardimki, taklif berish bilan darrov o‘zgarish bo‘lishi biroz mushkul masala. Sababi — u taklif o‘rganib chiqilib, o‘qituvchilarga, mutaxassislarga tushuntiriladi. Undan so‘ng yangi olingan dars kamida bir haftadan keyin efirga chiqadi».

Takliflarni yuborish formasi:
👇👇👇
bit.ly/onlinemaktabfikr

Ulashing | Поделись этим: