Lotin yozuviga asoslangan yangi oʻzbek alifbosi muhokamaga qoʻyildi

Oʻzbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirishlar kiritish haqida qonun loyihasi e’lon qilindi.

Qonun loyihasiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida lotin yozuviga asoslangan, 28 harf va 1 ta harflar birikmasidan iborat yangi oʻzbek alifbosi taklif etilmoqda.

Bundan tashqari bir nechta harflar imlosida ham o’zgarishlar yuz bergan:

Sh – Ş ş
Ch – Ç ç

Ushbu loyiha bugun muhokamaga qo’yilgan va 31- martgacha davom etadi.

Ulashing | Поделись этим: