Moderna bolalarda vaksinaning klinik sinovlarini boshladi

AQShning Moderna kompaniyasi 6 oylikdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda mRNA-1273 nomli koronavirusga qarshi vaksinasining 2/3 faza sinovlarini boshlagani haqida e’lon qildi.

Tadqiqotlar davomida vaksinaning 28 kun oralig‘ida yuborilgan ikki dozasi bo‘yicha xavfsizligi, organizmga ta’siri, shuningdek, samaradorligi baholanadi. Sinovlarda AQSh va Kanada bo‘ylab 6750 nafar bolalar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Sinovlardan so‘ng, tadqiqot ishtirokchilari 12 oy davomida kuzatib boriladi.Moderna o‘z vaksinasini yosh bolalarda sinovdan o‘tkazayotgan ilk kompaniya bo‘ldi. O‘tgan yilning dekabrida Moderna AQShda 12 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida COVID-19 vaksinasini sinovdan o‘tkazishni boshlagan edi.

Ulashing | Поделись этим: