Surxondaryo va Qashqadaryodagi 10 ta yetakchi maktabda pedagogik sinflar tashkil etiladi

🔰 Termiz hamda Qarshi davlat universitetlarining Pedagogika institutlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarorlari (140, 141-son, 16.03.2021 y.) qabul qilindi.

☑️ Qaror bilan Termiz hamda Qarshi davlat universitetlari pedagogika institutlarining asosiy vazifalari belgilandi.

☑️ Mazkur Institutlarda o‘quv jarayoni 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Termiz hamda Qarshi davlat universitetlarida pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularning negizidagi tegishli magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul to‘xtatiladi.

📚 O‘quvchilarni pedagogik kasbga yo‘naltirish maqsadida Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari yetakchi ta’lim muassasalarining 10 tasida quyidagilar tashkil etiladi:

● 3–4-sinf o‘quvchilari uchun “O‘qish va matematik savodxonlik bo‘yicha sinflar”;

● 8–9-sinf o‘quvchilari uchun “Matematik va tabiiy fanlar savodxonligi bo‘yicha sinflar”;

● 10–11-sinf o‘quvchilari uchun “Pedagogik sinflar”.

Ulashing | Поделись этим: