Maktablarda dars mashg‘uloti 29 martdan boshlanadimi?

Hozirda yurtdoshlarimizdan bahorgi ta’til uzaytirildimi, degan juda ko‘p savollar kelib tushmoqda.

Mazkur savolga javoban Xalq ta’limi vazirligi bahorgi ta’til 28 martgacha davom etishi, 4-chorakning ilk kuni 29 mart ekanligini ma’lum qildi. Ammo…

Shuningdek, yurtimizdagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, gibrid shakldagi ta’limga ruxsat berilgan. Ya’ni, qaysidir maktab yoki hududdagi epidemiologik vaziyatga qarab maktab karantinga yopiladigan bo‘lsa, ushbu maktab o‘quvchilari vaziyat barqarorlashguniga qadar vaqtincha ta’limni onlayn shaklda davom ettirishi mumkin.

Ulashing | Поделись этим: