«Yosh kitobxon» tanlovi respublika bosqichi o‘tkazilmoqda, sovrin «Spark» avtomashinasi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Yoshlar ishlari agentligi axborot xizmati rahbari Nodir Abduqodirov ma’lum qildi.

Tanlovning o‘tgan yilgi bosqichlaridan farqli jihatlari:

  • birinchidan, arizalar onlayn tarzda qabul qilindi (oldinlari qog‘ozda ariza to‘ldirilgan);
  • ikkinchidan, ishtirokchilar badiiy asarlar bilangina cheklanib qolmasdan, ilmiy-ommabop kitoblarni (masalan, qiziqarli matematika, qiziqarli kimyo, qiziqarli geografiya, qiziqarli fizika, «Tib qonunlari») ham o‘zlashtirishdi;
  • uchinchidan, yoshlarni mustaqil va keng fikr yuritishga undaydigan shartlar («Tezkor savol-javob», «Erkin mavzu» shartlari) qo‘shildi;
  • to‘rtinchidan, tanlovning respublika bosqichi mamlakatimizda ilk bor nishonlanayotgan «Kitobxonlik haftaligi» doirasida «Yoshlar ijod saroyi»da (1-10 aprel) o‘tkazilmoqda.

Ulashing | Поделись этим: