SHOKOLAD YO'L - Dono.uz

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, Barlettada uch aka-uka yashagan ekan. Kunlardan bir kuni shahar chekkasida aylanib yurib, bexosdan bir yo‘lga chiqib qolishibdi. Bu yo‘l juda g‘alati ekan – kaftday tekis-u jigarrang tusda emish.

 

–Bu yo‘l nimadan qilingan? – deb so‘rabdi kenja ukasi.

–Taxtaga o‘xshamaydi-ku, – debdi o‘rtanchasi.

–Tishqolga ham o‘xshamaydi, – debdi eng kattasi.

Rosa o‘ylashibdi, har xil taxmin qilishibdi, keyin cho‘kkalashibdi-da, yo‘lni yalab ko‘rishibdi.  Shokoladdan emish! Aka-ukalar uzoq o‘ylab o‘tirishibmabdi-da, mazasini totib ko‘rmoqchi bo‘lishibdi. Jindak-jindak sindirib yeb ko‘rishibdi. Keyin yana ozginadan sindirib yeyishibdi, keyin yana.

Qosh qorayib, kech kiribdi-yu, ular bo‘lsa hamon emaklab yurib shokoladdan yeyisharmish, og‘izlari bir zum tinmasmish. Xullas, yo‘ldan zig‘irdak ham qolmabdi. Endi yo‘l ham, shokolad ham yo‘q emish.

–Biz qayerga kelib qoldik? – deb so‘rabdi kenjatoy ukasi.

–Barlettada emasmiz, ha, – debdi o‘rtantachasi.

–Marfettida ham emasmiz, – debdi katta akasi.

Nima qilishlarini, qayoqqa yurishlarini bilishmay rosa garang bo‘lishibdi. Shu payt baxtlariga bir dehqon aravasida daladan qaytib qolibdi. Ularni aravachasiga o‘tqazib Barlettagacha– uylarining oldigacha olib borib qo‘yibdi.

Aka-ukalar o‘zlarida yo‘q xursand bo‘lishib, uzoq o‘ylab o‘tirishmasdan aravani ikki tomonidan yeyishga tushishibdi. Hammasini yeyishibdi, hech nima qoldirishmabdi: g‘ildiraklarini ham, shotisini ham qo‘yishmabdi.

 

Barlettalik aka-ukalarning o‘shanda ko‘p omadi kelgan ekan. Boshqa gal ham shunaqa omadi keladimi-yo‘qmi, bilmadim.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi.

Free WordPress Themes