Xalqaro olimpiadada o‘zbekistonlik 10 o‘quvchi sovrindor bo‘ldi

Rossiya Federatsiyasining “Mega-Talant” iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash markazi tomonidan fizika fani bo‘yicha o‘tkazilgan XVIII xalqaro olimpiadada MDH davlatlaridan o‘quvchilar ishtirok etdi.

Onlayn o‘tkazilgan olimpiadada Toshkentdagi Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati 10 nafar o‘quvchisi sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

Ulashing | Поделись этим: