Yaponiyada qoyilmaqom usulda diplom topshirildi (fotogalereya)

Yaponiyada BBT Universiteti o‘z bitiruvchilariga qoyilmaqom usulda diplom topshirdi

Koronavirus sababli bitiruvchilar shaxsan kela olmasligini inobatga olib, Universitet ma’muriyati «newme» robotlaridan foydalanishga qaror qilibdi. Xuddi bitiruvchilarday kiyintirilgan robotlarga katta displey o‘rnatilgan bo‘lib, unga talaba onlayn ulangan va robotni ham masofadan turib o‘zi boshqargan. Robot qo‘li bilan diplomlarni ham qabul qilib olgan.

Bu yaponlarga qoyil qolmasdan iloj yo‘q.

Ulashing | Поделись этим: