QUVNOQ MATEMATIKA - Dono.uz

QUVNOQ MATEMATIKA

Agar har bir qiz bola
Olsa bittadan lola.
Bir lola ortar butkul,
Agar har bir qiz bola,
Olsa ikkita lola,
Yetmay qolar bir juft gul.
O’ylang, nechta bor lola,
Nechta edi qiz bola?

“Otdan kattaman uch yosh”,-
Dedi sigir egib bosh.
“Men,- der sigirga kuchuk,
–Sizdan ikki bor kichik”.
Ot der kuchukka shartta:
“–Men sizdan 4 yosh katta”.
Endi sen bilishga shosh,
Har bir hayvon necha yosh?

Mana raqam ikki, uch
Do‘stim, yig‘ib bilim, kuch.
Suravermay hadeb o‘y,
O‘rtaga bir belgi qo‘y.
Shunday raqam, albatta,
Ikkidan bo‘lsin katta.
Esda tutgin shuni ham,
U oltidan bo‘lsin kam.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi.

Free WordPress Themes