LANKA – JAHON BOLALAR O‘YINIGA AYLANDI - Dono.uz

LANKA – JAHON BOLALAR O‘YINIGA AYLANDI

Lanka yoki juntepki (par) deb nomlangan o‘yin jahon bolalar o‘yini ro‘yxatiga o‘zbek o‘yinlari sifatida tanlab olindi. YUNESKO ekspertlarining 2003-yildan buyon olib borgan tekshirish, kuzatishlari natijasida lanka – eng foydali o‘yin, deb hisoblandi.
Karshinews.com internet nashrining bildirishicha, endi bu o‘yinning har bir viloyatdagi turlarini yana bir bor to‘plab, o‘yinning aniq nizomini ishlab chiqish va dunyo bolalari o‘rtasida ommalashtirish vazifasigina qoldi.
Mazkur o‘zbek xalq o‘yini to‘g‘risida mutaxassislar shunday xulosaga keldilar – bu o‘yinda nafas ritmi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yiladi. Ya’ni, to‘g‘ri nafas olinishi, diafragma faoliyati o‘yin paytida qorin va ko‘krak qafasi a’zolariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi natijasida to‘qimalar kislorod hamda qon bilan yaxshi ta’minlanadi. Shuningdek, yurak faoliyati yaxshilanadi. O‘yin paytida qorin a’zolari faoliyati, qorin mushaklari ishlashi, tonusi ortishi natijasida yaxshilanib boraveradi. Bu o‘z navbatida ichaklar peristaltikasi, o‘t pufagi, oshqozon osti beziga ta’sir qilib, ularning faoliyatini yaxshilaydi. Mushaklarning taranglashuvi qorin old devorini mustahkamlaydi, bu esa qorin devori churralarining oldini oladi. Shu bilan birga, umurtqa pog‘onasi mushaklari ishlashi, tonusi ortishi natijasida tananing to‘g‘ri bo‘lishini ta’minlaydi va qomatning to‘g‘ri shakllanishiga yordam beradi. Skolioz, osteoxondroz, artroz, varikoz kabi umurtqadagi turli xastaliklarni hamda butun dunyo bo‘yicha dolzarb muammo bo‘lgan “ortiqcha vazn” dan xalos qilar ekan. Eng asosiysi, yosh bolalar lankani tepayotganda ovoz chiqarib sanab borishi uning nutqi ravon rivojlanishiga yordam berar ekan.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi.

Free WordPress Themes