​Yana ikki yildan keyin Er yuzida mamontlar paydo bo`ladi - Dono.uz

​Yana ikki yildan keyin Er yuzida mamontlar paydo bo`ladi

Garvard universiteti olimlari yana ikki yildan keyin Er yuzida mamontlar paydo bo`lishi haqida ma`lum qildi, deb xabar berdi “Tengrinews.kz” nashri.

Amerikalik olimlar qirilib ketgan mamontlarni “qayta tiriltirishlari”ga ishontirmoqda. Olim Jorj Cherch boshchiligidagi guruh qirilib ketgan mamontlarning genlariga Osiyo fillarining xromosomalari yordamida o`zgartirish kiritishni rejalashtirgan. Mutaxassislar Osiyo fillari va mamontlarning genlari bir-biriga o`xshashligini aniqlashdi va mamontning DNKsini Osiyo filiga ko`chirib o`tkazishdi. Biologlarning aytishicha, endi ular duragay embrionni yaratishlari mumkin. Ilk duragaylar qalin junli, quloqlari kichkina va dandon tishli fillar bo`ladi. Olimlar sovuqqa chidamli, yangi mamontga allaqachon mammophant (inglizcha mammoth – mamont va elephant – fil) deb nom qo`yishdi. Biologlarning mazkur tadqiqotni o`tkazishdan maqsadi, bundan to`rt ming yillar ilgari qirilib ketgan mamontlarni qayta dunyoga keltirish va hozirda kamyob jonivorga aylangan Osiyo fillarini saqlab qolishdir. Cherch 2015 yildan beri mamontlarni qayta tiriltirish bilan shug`ullanuvchi Woolly Mammoth Revival loyihasining rahbari hisoblanadi.

4 Responses to “​Yana ikki yildan keyin Er yuzida mamontlar paydo bo`ladi”

  1. club.dcrjs.com

    Hi would you mind letting me know which web host you’re using?
    I’ve loaded your blog in 3 different browsers and I must say this blog loads a lot
    faster then most. Can you suggest a good internet hosting provider at a honest price?
    Many thanks, I appreciate it!

  2. Lavonda

    Because the admin of this web page is working, no hesitation very rapidly it will be renowned, due to its feature contents.

  3. ig

    Hi my friend! I wish to say that this post
    is awesome, nice written and come with approximately all vital infos.
    I would like to peer more posts like this .

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi.

Free WordPress Themes