SOATLAR QANDAY PAYDO BO`LGAN? - Dono.uz

SOATLAR QANDAY PAYDO BO`LGAN?

Vaqtni  aniqlash uchun qadimda odamlar quyosh soatlaridan foydalanishgan.  Yerga  aylana chizib, uni qismlarga ajratib markaziga tayoqcha suqib qo‘yishgan. Quyosh osmon bo‘ylab harakat qilgan sayin tayoqcha  soyasi  bir  qismdan  ikkinchi  qismga  surilib  borgan.  To‘g‘ri, quyosh soatlari bulutli havoda ishlamagan.  “Umr o‘tmoqda” jumlasi suv soatidan  kelib  chiqqan.  Qismlarga  ajratilgan idishga suv asta-sekin tomchilab oqadi. So‘ng  suvning  o‘rnini  qum  egallagan. U ham tepadan pastga oqa boshlaydi. Ammo bu soatlarning barchasi aniq emas  edi.  Birinchi  toshli  mexanik  soatlarni  fransuz  ruhoniysi  Jerve yasagan.  Asta-sekinlik  bilan  ular  mukammallashib,  1300-yili  Yevropada aniq mexanik soatlar  paydo bo‘ldi.  Maxsus  moslama   soat   millarini   aylantirgan.

Mexanik soatlar  XIII asrdan boshlab minoralar,  qo‘ng‘iroqxonalarga   o‘rnatilgan.  Ularning  ba’zilarida soat millaridan tashqari, odamlarning harakatlanuvchi qiyofalari ham bo‘lgan. XV asrda qimmatbaho toshlar qadalgan cho‘ntak soatlar paydo bo‘lgan. Galiley mayatnikning ishini o‘rgangach, mayatnikli soatlar paydo bo‘ldi.  XX  asrning  20-yillaridan  boshlab  qo‘l  soatlar  ommalashib ketdi.

Hozirgi elektr  soatlardagi  milni elektr motor harakatlantiradi.  1922-yilda  avtomatik  tarzda  burab  turiladigan mexanik  soatlar  ixtiro  qilindi.  1971-yil  suyuq   kristallardan  qilingan   soatlar  paydo  bo‘lgan.  Kvars, elektron   soatlar   ham   bor.

 

Qadimgi  misrliklar osmon gumbazini 12 qismga bo‘lishgan,  har qaysi qism zodiakal  yulduz turkumlaridan birining nomi bilan atalgan.  Bunday «bo‘lish» 12 oylik  kalendar (taqvim)ga  asos  bo‘lgan.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi.

Free WordPress Themes