“Disneylend” yoki dunyodagi g‘aroyib bino qurib bitkazilgan kun

Dunyoda betakror iste’dodga ega insonlar juda ko‘p bo‘lgan. Ular butun umri davomida antiqa binolar va inshootlar barpo etishgan. Natijada esa, bizlar ularning ajoyib ijod asarlarini hayrat va zavq bilan tomosha qilishga muyassar bo‘lamiz.

Noyshvanshtayn qasri Avstriya chegarasi yaqinida, Germaniyaning Bavariya viloyati janubi-g‘arbida joylashgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, u qirol Lyudovik II ning romantik qasridir. Noyshvanshtayn  “yangi oqqush qoyasi” degan ma’noni anglatadi. Qasrning qurilishi 1869-yilda boshlanib, 1886-yil 6 -aprelgacha davom etgan. Ushbu qasr Bavariya qirolining eng mashhur va haqiqatan ham afsonaviy qasri hisoblangan. Rassom-multiplikator Uolt Disney o‘zining mo‘jizakor kinostudiyasi va “Disneylend”ning ramzi sifatida aynan Noyshvanshtayn qasrini tanlagani bejiz emas.

Ulashing | Поделись этим: