TAOM TA‘MINI QANDAY SEZAMIZ? - Dono.uz

TAOM TA‘MINI QANDAY SEZAMIZ?

Agar tilingizni oynaga solib qarasangiz, uning mayda do‘ngliklar – so‘rg‘ichlar bilan qoplanganligini ko‘rasiz. Ta’m bilish reseptorlari ana shu so‘rg‘ichlar devoriga joylashgan bo‘ladi.

Ta’m bilish reseptorlari odam tilida turli qismlarga taqsimlangan bo‘ladi. Har bir qism muayyan bir ta’mni qabul qiladi. Tilning orqa qismi achchiqqa ta’sirchanroq bo‘ladi. Tilning yon tomonlari nordon vas sho‘rni, tilning uchi esa shirin ta’mni yaxshiroq sezadi.

Ta’m bilish jarayonida hid bilishning ahamiyati kattadir. “Shirin” yoki “bemaza” – buni ko‘p jihatdan bizning hid  bilishimiz belgilab beradi. Masalan, kofe ichganimizda, avval issiqlikni, keyin ta’m va shundan keyingina shirinni (agar shakar qo‘shilgan bo‘lsa) his qilamiz. Kofe hidi halqum va burun orqali o‘tib, miyaga signal bergandan keyingina biz uni shirin deya olamiz. Agar burun qizqich bilan qisib qo‘yilsa, kishi iste’mol qilayotgan bir-biridan mutloq farq qiluvchi mahsulotlarni umuman farqlay olmaydi.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi.

Free WordPress Themes