Inson organizmi haqida 10 ta qiziqarli ma’lumot (1-qism)

  1. O‘pkaning 1 daqiqa ichida nafas olishi (o‘pkaga havo so‘rib, so‘ng chiqarish hajmi) 5–9 litrni tashkil etarkan…
  2. Odam tanasida mavjud qon tarkibidagi eritrotsitlarni yonma-­yon qo‘yib, uzun tasma hosil qilinsa, Yer sharini ekvator bo‘ylab 3 marta aylantirib o‘rab chiqish uchun yetarli bo‘lardi.
  3. Inson organizmidagi ayrim yirik arteriyalar 20 atmosfera bosimga chidab berishi mumkin ekan.
  4. Inson tanasida 100–160 milliard kapillyarlar mavjud. Agar ularni bir chiziq bo‘ylab tortib arqon hosil qilinganda edi, uzunligi 60–80 ming kilometrga yetardi. Bu ekvatordan 1.5–2.0 marotaba uzun degani…
  5. Kishilarning o‘rtacha umr ko‘rish yoshi: Qadimgi Yunonistonda — 29 yil, XVI asrda Yevropada — 21 yil, XVII asrda — 26 yil, XVIII asrda esa — 34 yil bo‘lgan. XX asrning boshlarida 50 yil, XX asr oxiri–XI asr boshlarida esa 60 yilga yetdi. Hozirda ushbu ko‘rsatkich 70 yoshga qarab siljimoqda…
  6. Tish emalining mustahkamligi kvarsga (SiO2) tenglashtiriladi. 96% mineral tuzlardan iborat bo‘lgan emal qavatiga o‘tkir xanjar bilan urilganda — xanjarning tig‘i qaytib ketishi mumkin.
  7. Asab to‘qimalari qayta tiklanmaydi. Odatda ularning vazifasini boshqa, sog‘lom to‘qima-­hujayralar o‘z zimmasiga oladi. Shu tariqa asab tizimi ham organizmning boshqa to‘qimalari singari o‘zini yangilab turadi.
  8. Oshqozonning 1 santimetr kvadrat qismida 100 ga yaqin oshqozon shirasi ishlab chiqaruvchi mayda bezlar joylashgan.
  9. Sog‘lom, o‘rtacha umr ko‘rgan kishi hayoti davomida 2,5–3,0 tonna oqsil, 1,3–1,5 tonna yog‘, 17,5–20,0 tonna uglevodlar va 75–100 tonna ichimlik suvi iste’mol qilar ekan.
  10. O`rta yoshdagi inson tanasida 3 kilogrammgacha mineral tuzlar mavjud va uning taxminan 85 foizi suyak to‘qimalari (ustixon) tarkibida bo‘larkan. 60–70 kilogramm vaznga ega kishining tanasida 300 grammdan ortiq osh tuzi mavjud.

Ulashing | Поделись этим: