YIG‘LOQI O‘SIMLIK - Dono.uz

YIG‘LOQI O‘SIMLIK

Tropik o‘rmonlarida o‘suvchi monstera nomli o‘simlikni ko‘pchilik yaxshi biladi. Bu o‘simlik xonalarni bezash uchun tuvaklarda ham o‘stiriladi. U o‘zining asl vatanida avval pliifit, so‘ng liana holida o‘sadi. U yerning sharoiti juda sernam   bo‘lganligi sababli bu o‘simlik turli usullar bilan suvni o‘ziga shimib oladi.

Havo ochiq bo‘lganida suvni boshqa o‘simliklar singari bug‘lantiradi. Yomg‘ir yog‘ishidan avval atmosferada namlik ortganda yoki suvning bug‘lanishi qiyinlashganda esa barg qirralaridagi teshikchalar orqali suvni tomchi shaklida tashqariga chiqaradi. Uning bu xususiyatidan barometr sifatida foydalanish mumkin. Ammo   braziliyaliklar xurofiy nuqtai nazardan qarab, uni xudoning g‘azabiga duchor bo‘lgan, jabrlangan deb fikr yuritadilar. Shuning uchun bu o‘simlikka “yig‘loqi” deb nom berilgan.

Bizda bunday hodisa kamdan-kam ro‘y beradi. Bunday hodisalar ko‘kaldoshlarga man-sub boshqa o‘simliklarda ham uchrab  turadi.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi.

Free WordPress Themes