KUCHUKLAR MAKTABI - Dono.uz

KUCHUKLAR MAKTABI

Germaniyada yashovchi Gans Vernerning shaxsiy maktabi bor. Bu maktab boshqalardan shunisi bilan farq qiladiki, u yerda … kuchuklar o‘qitiladi. Maktabda beriladigan bir haftalik ta‘lim uchun 440 marka to‘lanadi.

Verner va uning 14 nafar yuqori malakali o‘qituvchilari to‘rt oyoqli “shogirdlari‘‘ga mehmonxonada, restoranda, sayrda, do‘konlarda, mashinada o‘zini qanday tutish kerakligini o‘rgatishadi.

GORILLALAR HAM  TELEVIZOR KO’RISHNI  YOQTIRISHADI

Garilla

Nyu-York hayvonot bog‘idagi maymunlar keyingi vaqtda ko‘p to‘polon qiladigan bo‘lib qolishdi. Hayvonot bog‘i boshliqlari o‘ylab-o‘ylab gorillalar joylashgan qafasga televizor o‘rnatishdi. Avvaliga maymunlar ko‘rsatuvlarning farqiga bormay, barchasini ko‘rishaverishgan bo‘lishsa, endilikda faqat badiiy filmlarni va ayniqsa, hayvonlar haqidagi ko‘rsatuvlarni miriqib tomosha qilishmoqda.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi.

Free WordPress Themes