Amir Temur sheʼr bitganmi?

Sohibqiron Amir Temur buyuk sarkarda va siyosatchi boʻlishi barobarida madaniyat, ilm-fan va adabiyotning ulugʻ homiysi sifatida tarixda qoldi. Amir Temur va temuriylar davrida turkiy til va adabiyot yuksak choʻqqilarga koʻtarildi. Oʻnlab buyuk shoirlar yetishib chiqdi, yuzlab bebaho durdonalar yaratildi.

Alisher Navoiy “Majolisun-nafois” asarida koʻplab hukmdorlar orasida Amir Temurni birinchi boʻlib tilga olgan, “Agarchi bu ulugʻ zot sheʼr yozmagan boʻlsa-da, u aytgan har bir bayt ming baytga teng” deb lutf qilgandi.

Shayx qoʻrqqanidan Qurʼonga chang soldi.

Navoiy yuoqridagi fikrning isboti sifatida quyidgi voqeani misol keltiradi.

Amir Temur zamonasida mashhur mutasavvif olim Abu Sayyid Abulxayrning bir sheʼri juda shuhrat qozongan, hatto bu ruboiyning gʻayrioddiy xususiyatlari haqida gap-soʻzlar tildan-tilga koʻchib yurardi.

Bu ruboiyning sharhi xususida keyinchalik Xoja Ahrori Valiy oʻzining “Havroiya” nomli qasidasini ham bitgan edi.

Mana oʻsha ruboiy:

Havro ba nazorai nigoram saf zad,

Yak xoli siyah bar on ruxon mutraf zad,

Rizvon ba ajab bimondu kaf bar kaf zad,

Abdol zi biym chang bar musʼhaf zad.

(Maʼnosi: hurlar nigorimni tomosha qilish uchun saf tortishdi. Bir qora xol ularning yuzlariga parda tortdi. Jannat ham hayratda qolib, kaftini kaftiga urdi. Pir qoʻrqqanidan Qurʼonga chang soldi.)

Bu ruboiydan oʻz vaqtida Amir Temur ham xabardor boʻlgan.

Oʻsha paytlarda Ozarbayjon boshqaruvi Amir Temurning ikkinchi oʻgʻli Mironshoh Mirzoga topshirilgan. Biroq, Mironshohning ichkilikka mukkasidan ketishi davlat ishlariga taʼsir koʻrsata boshladi. Uning gʻalati qiliqlari haqidagi gap-soʻzlar Samarqandga ham yetib keladi. Sohibqironga Mironshohning ichkilikka berilishiga uch kishining sababchi ekani yetkazildi. Amir Temur uchovini hamjazolashni amr qiladi. Mulozimlar ulardan ikki nafarini tutib qatl qilishadi. Ammo uchinchisi – Xoja Abdulqodir oʻzini devonalikka solib darbadarlikni ixtiyor qiladi.

Ulashing | Поделись этим: