OTLAR QURSHOVIDAGI QIZALOQ - Dono.uz

OTLAR QURSHOVIDAGI QIZALOQ

Bu voqea Qozog‘istondagi viloyatlarning biridagi jamoa xo‘jaligida sodir bo‘ldi. To‘rt yoshli Mironqul Bo‘zboyeva o‘rtoqlari bilan o‘ynab yurib ulardan uzoqlashib ketadi va cho‘lda adashib qoladi. Uni butun qishloq ahli kechasi bilan qidirishadi. Lekini natija bo‘lmaydi.

To‘qilgan kofta va shippak kiyib olgan qizcha kechasi cho‘lda sovqota boshlaydi. Qo‘rqib onasini baqirib chaqiradi. Uzoqlardan esa chiyabo‘rilarning tovushi eshitilib turardi. Shu payt qizcha o‘zi tomon kelayotgan otni ko‘rib qoladi. Qishloq qizi emasmi, otdan qo‘rqmay uning oldiga boradi va ot oyoqlarini quchoqlab isina boshlaydi. Shu payt yana ikkita ot keladi va ular go‘dakka yordam kerakligini sezganday uni o‘rab olishadi. Qizcha esa otlar orasida tinchgina uxlab tong ottiradi. Ertasiga tunda otlar uni qo‘riqlab chiqishadi. Uchinchi kuni qo‘shni jamoa xo‘jaligining ikki qariyasi A.Ahmetov va Ya.Naliboyevlar mol boqib yurganda otlar qurshovida uxlab yotgan qizchani ko‘rib qolishadi. Qariyalarning kelganini ko‘rgan otlar endi yordam kerak emas deganday tarqab ketishadi. Shunday qilib otlar  qizchani sog‘-omon holda odamlarga qaytarishadi.

“G‘aroyib olam” kitobidan olindi.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi.

Free WordPress Themes