Ikki buyuk Prezidentlar uchrashuvi

1996 yili Parijda, YUNESKO bosh qarorgohida Amir Temur tavalludining 660 yilligi sharafiga ilmiy anjuman va ko‘rgazma o‘tkazildi.

Islom Abdug‘aniyevich Prezident Jak Shirakni ko‘rgazma bo‘ylab shaxsan o‘zlari aylantirdilar, har bir eksponat haqida batafsil so‘zlab berdilar. U kishi o‘sha tarixiy davr haqida 40 daqiqadan ortiq so‘zladilar. O‘zbekiston Prezidenti tarix borasida bu qadar katta bilim sohibi ekanidan Shirak hayratda qoldi.

Ulashing | Поделись этим: