O‘zbekcha palovning 5 ta retsepti

Palovning tarqalish hududi va kunlik hajmi qancha?

Palovni oddiy xalq tilida «osh» deb ataymiz. Negaki u kundalik oziq-ovqatimizning ajralmas bo‘lagi sifatida lug‘at boyligimizga mustahkam o‘rnashib olgan. Buni O‘zbekistonga tashrif buyurgan va buyurmagan sayyohlar ham yaxshi bilishadi.

Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatida o‘zbekcha palov tayyorlanib, umumiy ovqatlanish tizimida xo‘rrandalar e’tiboriga havola etilarkan… Masalan, Rossiyaning yirik shaharlarida «Osh markazlari» mavjud. Seul, Pekin, Urumchi, Nyu-Yorkda shaharlarida bir nechta faqat o‘zbekcha palov tayyorlanadigan restoranlar mavjud.

O‘zimizda-chi? O‘zbekistonimizning turli nuqtalarida mavjud 500 dan ziyod to‘yxonalarda bir sutkada umumiy og‘irligi o‘rtacha 300 kg dan 500 gacha palov taomi tayyorlanib, dasturxonlarga tortilishi aniqlangan. Demak, taxminan bir sutkada xalqimiz o‘rtacha 70–100 tonna palov iste’mol qilarkan!

Hali bu xonadonlarda, oshxona-kafe, choyxonalarda damlanadigan oshlardan tashqari…

Ulug Bek

 

Ulashing | Поделись этим: