MATEMATIKASIZ YASHAB BO‘LMAYDI - Dono.uz

MATEMATIKASIZ YASHAB BO‘LMAYDI

Amerikaning Tueson shahri maktablaridan birida “Matematikasiz kun” o‘tkazildi.Shu kuni o‘quvchi va o‘qituvchilarga sanash, soat kalendaridan foydalanish, umuman, matematikadan foydalanish taqiqlandi.

Xullas, barcha raqamlardan voz kechish kerak edi. Kun oxirida maktabdagi hatto bu fanga toqati yo‘q o‘quvchilar ham matematikasiz yashab bo‘lmasligini tan olishdi.

 

OTLAR…. IZZATDA, ODAMLAR XIZMATDA.

Gollandiyada necha yildirki, “Otlar kuni” nishonlanadi. Shu kuni ko‘chalarda katta bayram bo‘lib, otlarning yollariga va dumlariga har xil rangdagi lentalar taqiladi, chiroyli gullar bilan bezatiladi.Bayram kuni otlar umuman ishlatilmaydi. Ular izzatda bo‘lishadi, ya‘ni, kumush laganlarda eng xushxo‘r  taomlar bilan siylanishadi.

JO`JALARNING SEVIMLI RANGI

Ma‘lum bo‘lishicha, hayvon va parrandalar ham o‘z boquvchisining kiyimiga e‘tibor bilan qarar ekan. Mutaxassislarning taxminiga ko‘ra, sigirlarga zangori rangli xalat yoqar ekan. Jo‘jalar uchun sariq yoki zarg‘aldoq rang yaxshi ko‘rinadi. Boquvchilarni qora yoki jigarrang kiyimlarda ko‘rganda ular bezovta  bo‘ladi.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi.

Free WordPress Themes