Kasallik fe’l-­atvorga bog‘liqmi?

Tibbiyot sohasida ilmiy izlanishlar olib borayotgan olimlarning xulosasiga ko‘ra, kishilarning aynan qanday kasallikka chalinishi uning fe’l-­atvori bilan bog‘liq ekan. Jumladan:

• O‘zini doim hayotda noto‘g‘ri yo‘l, noto‘g‘ri kasb tanlaganlikda, shaxs sifatida o‘zini ko‘rsata olmayotganlikda ayblaydiganlar oyoq og‘rig‘idan shikoyat qilishadi.
• Qachon qarasang o‘zidan va atrofdagilardan norozi, dunyo ko‘ziga tund ko‘rinadigan, nuqul kelajagidan tashvishlanadiganlar ko‘proq ko‘z kasalligiga chalinish mumkin ekan.
• O‘zini o‘zi past baholaydigan, arzimagan o‘zgarishlardan ham tizzalarigacha qaltiraydigan kishilarning nafas olish tizimi va o‘pkasi bilan bog‘liq muammo kelib chiqadi.
• Gastrit (oshqozon kasalligi) — nuqul tashvishda yuradigan, o‘ziga ishonmaydigan, har qanday mayda-­chuydaga ham siqilib asabiylashadigan va tunlari uyqusi qochib ketadiganlarga yopishadi.
• Tomir tortishish — bu ham har narsadan hadiksiraydigan, nuqul asabiylashuvchi va kelajakdan qo‘rqadiganlarni ta’qib qiladi.
• Tajavvuzkor, urushqoq, qo‘pollar ko‘pincha bronxial astmaga chalinadi. Xalq orasida bejiz «nafratdan nafas olishim qiyinlashadi» degan gap chiqmagan.
• O‘ziga haddan ziyod bino qo‘ygan, tajavvuzkor, hamma narsada birinchi bo‘lishga qiziqadiganlar yurak va qon-­tomir kasalliklariga tez chalinadi. Kolumbiya universiteti olimlarining ma’lumotlariga ko‘ra, yurak xastaliklarining paydo bo‘lishiga ko‘pincha g‘azab va asabiylashish sabab bo‘larkan.
• Oshqozon yarasi va o‘n ikki barmoqli ichaklari kasalligi bilan hissiyotchan, sal narsaga ham tashvishlanaveradiganlar azoblanadi. Malakali mutaxassislar oshqozoni og‘riydigan bemorlarni ularning xulq­atvoriga qarab, aniqrog‘i asabiylashish darajasiga qarab tez bilib olishadi.
• Xafagarchilikni kechira olmaydigan, asabiylashaveradigan yovuz odamlarning jigari va o‘t pufagi, safro chiqaruvchi yo‘llari og‘rishi mumkin.
• Salga «lov» etib yonib ketish, o‘jarlik gipertoniya — qon bosimi kasalligiga olib boradi. Shifokorlar orasida hatto «gipertonik xarakter» degan atama bor. O‘ta o‘jar, hammaga o‘rgatishni yaxshi ko‘radiganlar fe’li shu orqali bilinadi.
• O‘zgalarning fikriga va xatolariga toqat qilolmaydiganlarda migen ko‘p uchraydi. Shuningdek, bunday odamlarga tez xafa bo‘lib qolish odati xos narsa. Ular hamma narsadan tashvishlanib tezda depressiya holatiga tushib qoladi.
• «Jon­jon» deb gapirishni yaxshi ko‘radigan, tezda ta’sirlanadigan, kayfiyati har yarim soatda o‘zgaruvchan odamlar qand kasalligidan qiynaladi.

Ulug Bek

Ulashing | Поделись этим: