«Onlayn bolalar bog‘chasi»

Maktabgacha ta’lim vazirligi Milliy teleradiokompaniya yordamida ota-onalarga maktabgacha yoshdagi bolalarga tizimli, foydali va rivojlantiruvchi ta’lim berishda uslubiy yordam sifatida «Onlayn bolalar bog‘chasi» dasturini ishlab chiqdi.

Dastur o‘z ichiga quyidagi ta’lim loyihalarini qamrab oladi:

✔️ «Ilk qadam» — 3-5 yoshdagi bolalar uchun;
✔️ — «Aqlvoy» — 6 yoshdagi bolalarni maktabgacha tayyorlash uchun.

«Ilk qadam» – bu:

👉 quvnoq qahramonlar ishtirokidagi ertalabki badantarbiya;

👉 interfaol o‘yin shaklidagi ingliz tili mashg‘uloti;

👉 mental arifmetika va matematik hisob asoslari;

👉 yosh sayyoh (mitti do‘stlarimiz uchun O‘zbekistonning qadimgi shaharlari haqida ko‘rsatuvlar to‘plami);

👉 mitti yordamchi (oshxona taomlari tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari);

👉 logoped bilan mashg‘ulot.

«Aqlvoy» — bu:

👉 MTT pedagoglari va milliy qahramonlar (Amir Temur, Zulfiya, Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Tamaraxonim) ishtirokidagi bolalar ta’lim ko‘rsatuvlari;

👉 mahorat sinflari;

👉 uy sharoitlarida amaliy tajribalar.

🎞Mashg‘ulotlarni «Bolajon» telekanalida dushanbadan jumagacha soat 8:30dan 16:00gacha tomosha qilish mumkin.

Ulashing | Поделись этим: