APL. «Liverpul» irodali g'alabaga erishdi - Dono.uz

APL. «Liverpul» irodali g’alabaga erishdi

Angliya premer-ligasining 28-turida «Liverpul» «Byornli»ga qarshi o’yin o’tkazdi. Liverpuldagi «Enfild» stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 2:1 hisobidagi g’alabasi bilan yakunlandi.

O’yin debyutida Eshli Barns gol urib, mehmonlarni oldinga boshlagandi. Bo’lim yakunlanishi arafasida Jorjino Veynaldum javob golini urib, tanaffusga jamoalar durang hisobda yo’l olishini ta`minladi.

O’yinning 61-daqiqasida Emre Jan jarima maydoni tashqarisida to’pni qabul qilib, to’pni darvoza to’rining pastki burchagiga aniq yo’naltirdi – 2:1.

Shu hisob o’yinda saqlanib qoldi va Yurgen Klopp shogirdlari muhim g’alabani qo’lga kiritdi.

Endilikda «Liverpul» 55 ochko to’plagan holda APL turnir jadvalining to’rtinchi pog’onasida joylashgan, «Byornli» 31 ochkosi bilan 12-o’rinda bormoqda.

APL, 28-tur

Liverpul – Byornli 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 7 Barns, 1:1 – 45 Veynaldum, 2:1 – 61 Jan.
Liverpul – Minole, Klavan, Matip, Klayn, Milner, Lallana, Djan, Koutino (Vudbern, 60), Veynaldum, Mane, Oriji (Leyva, 79).
Byornli – Hiton, Kin, Uord, Louton, Mi, Boyd (Breydi, 73), Barton, Xendrik, Arfild (Adjyey, 90), Barns, Grey (Vouks, 80).
Ogohlantirishlar: Mi (37), Barton (58), Jan (63), Lallana (87).

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi.

Free WordPress Themes