Bolalar uchun koronavirus haqidagi mashhur qoʻllanma tarjima qilindi

Toshkent davlat pedagogika universiteti professor-oʻqituvchilari maktabgacha yoshdagi bolalar uchun COVID-19 haqida maʼlumot beruvchi mashhur taʼlimiy qoʻllanmani tarjima qildi. Bu haqda universitet rektori Alisher Umarov maʼlum qildi.

Uning taʼkidlashicha, Toshkent davlat pedagogika universiteti “Maktabgacha taʼlim” fakulteti mutaxassislari tomonidan The Asia Foundation tashabbusi bilan Manuela Molina Cruz tomonidan tayyorlangan COVIBOOK oʻzbek tiliga tarjima qilindi.COVIBOOK – ota-onalar va bolalarga COVID-19 toʻgʻrisida maʼlumot beruvchi illyustrativ-taʼlimiy qoʻllanma boʻlib, bolalar tilida tayyorlangan va uyda qolib oʻrganish uchun juda qulay!

Alisher Umarovning aytishiga koʻra, bu qoʻllanma 3 toifaga boʻlinadi:

COVIBOOK – 7 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun COVID-19 haqida maʼlumot beruvchi illyustrativ-taʼlimiy qoʻllanma;

COVIBOOK – yosh bolalar uchun koronavirusdan himoyalanish usullarini oʻrgatuvchi kreativ koʻrsatmalar manbai;

COVIBOOK – 20 dan ortiq tillarga tarjima qilingan universal qoʻllanma.

Kitobning toʻliq matnini quyidagi saytda, qoʻllanmaning oʻzbekcha variantini esa mana bu yerdan yuklab olish mumkin.

Ulashing | Поделись этим: