Diqqat! “Sovg`ali sahifalar!” tanlovi

«Bilimdon»ning bilimdon bolajonlari va jonkuyar ota-onalar!

Endi Bilimdon hajmi kattalashib, sahifalar yanada quvnoq, aql charhlovchi o`yinlarga boy bo`ldi.

Yulduzcha belgisi bor har bir sahifa topshiriqlariga javob yo`llab, ballar yig`ib, qimmatbaho sovg`alarni qo`lga kiritishingiz mumkin.

Aziz ota-onalar, farzandlaringizga jurnallarimizdan sovg`a qilsangiz, ham bilimli, ham kitobxon, ham sovg`ali bo`lishiga erishasiz.

«Bilimdon»ning 1-, 2- sonlari qo`llaringizga yetib borgan bo`lsa 3-soni bilan qisqacha tanishing:

  1. Bu yil “Kabisa yili” mi? Nima uchun?

  2. Kichkina quyoshcha nima?

  3. Qanday qilib qarg`aning adabini berishdi?

Bunday savollarga javobni “Bilimdon” ning 3-sonidan topasiz.

Kichkintoylarga “Quvnoq alifbo” sahifasidan foydalanib harflarni, topishmoq va tez aytishlarni o`rgatib boring.

Oyoqning bir qismi u,
Qadamga tayyordir u.
Harflarni tez almashtir,
Bitta “v” qo`shsang axir,
Bo`lib qolar shu zahot
Sof shakarli mahsulot.

Bu topishmoqning javobini bilsangiz bizga yuboring. Bilimdonning 3-sonida shunday jumboq va topishmoqlarni o`qib, javob yo`llab sovg`alarni qo`lga kiriting. Jurnalning mart sonidagi topshiriqlarga javoblaringiz aprel oyi ichi qabul qilinadi.

Sevimli jurnalingizdagi qiziqarli boshqotirmalar, ertaklar, hikmatlar, so`z o`yinlari va ko`plab ajoyib sahifalar sizni kutmoqda.

Manzil: Farg`ona sh, B. Marg`inoniy ko`chasi 93-uy
“Bilimdon” tahririyati
Email:bilimdon_ press@mail.ru
Telegram:(90) 627-66-96

Ulashing | Поделись этим: