“Zarb” doirachilar guruhi  xalqaro onlayn festival-tanlovida ishtirok etmoqda

Toshkent shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabining “Zarb” doirachilar guruhi Ozarbayjon davlatida urib chalinadigan musiqa asboblari boʻyicha “Gavaldash” xalqaro onlayn festival-tanlovida ishtirok etmoqda.

Hozirda ushbu onlayn festival-tanlovda Fransiya, Angliya, Shvetsiya, Gruziya, Rossiya, Ukraina, Belorussiya va Oʻzbekiston davlatlari qatnashmoqda.

Mazkur xalqaro onlayn festival-tanlov joriy yilning 10-aprel kuni oʻz ishini boshladi, 30-aprel kuni yakuniga yetadi.

Ishtirokchilarni aniqlash jarayoni Facebook.com ijtimoiy tarmogʻida amalga oshirilishi belgilangan boʻlib, bizning ishtirokchilarga quyidagi  havolasi orqali kirib ovoz berishingiz mumkin.

Bugungi kunda yoshlarimiz uyda oʻtirgan holda xalqaro darajadagi tanlov va musobaqalarda yurtimiz bayrogʻini baland koʻtarish uchun harakat qilmoqda. Buning uchun ularning ustozlariga oʻz minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.

 

(Surat arxivdan)

Ulashing | Поделись этим: