Tesla kompaniyasi bozordagi qiymati bo'yicha Ford’dan o'tib ketdi - Dono.uz

Tesla kompaniyasi bozordagi qiymati bo’yicha Ford’dan o’tib ketdi

Tesla Motors kompaniyasi bozordagi qiymati bo’yicha Ford kompaniyasini ortda qoldirdi. The Wall Street Journal nashrining ma`lum qilishicha, «Tesla» aksiyalari u rekord darajadagi sotuvlarga erishgani haqidagi ma`lumot chop etilgandan keyin 7 foizdan ko’proqqa o’sdi. Bu esa kompaniyaning bozordagi qiymatining 48,7 mlrd dollardan oshishiga olib keldi. «Ford»ning qiymati esa 45,6 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.

«Tesla» oxirgi yarim yildan beri arzonlashayotgan «Ford»dan ilk bor o’tib ketdi. Shu tariqa elektrokar ishlab chiqaruvchi kompaniya qimmatligi bo’yicha AQSh avtokonsernlari o’rtasida 2-o’ringa ko’tarilib oldi. Bu borada 1-o’rinni General Motors egallaydi, uning bozor qiymati 51,2 mlrd dollarni tashkil qiladi.

Avvalroq «Tesla» 2017 yilning 1-chorakida rekord darajadagi 25 mingta avtomobil sotgani ma`lum bo’lgandi. Bu esa o’tgan yilning shu davriga nisbatan 69 foiz ko’proqni tashkil qilgan.  Shu bilan birga 1-chorakda sotilgan avtomobillar miqdoriga chorak oxirida mijozlarga yetkazib berilish jarayonida bo’lgan 4650 ta mashina kiritilmagan.

Taqqoslash uchun, «Tesla» 2016 yilda 76 mingtaga yaqin, Ford esa 6,7 mln ta mashina sotgan.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi.

Free WordPress Themes