Dunyodagi eng yirik konteyner tashuvchi kema birinchi safarga otlandi - Dono.uz

Dunyodagi eng yirik konteyner tashuvchi kema birinchi safarga otlandi

Dunyodagi eng yirik konteyner tashuvchi kema kecha Xitoyning Tyan’tszin’ shahridan o’zininig birinchi safariga otlandi. Kemaning sig’imi 20 mingta standart konteynerga teng.

Kema o’z yo’lida Xitoyning asosiy portlariga kiradi, keyin esa Suvaysh, Sautgempton,  Gamburg, Rotterdam, Gavr va Dubay halqaro portlari tomon suzishga chiqadi. U butun Janubi-Sharqiy Osiyo va Yevropani o’z ichiga olgan ‘XXI asrning Dengiz Ipak yo’li’ deb nomlangan yo’nalish bo’ylab harakatlanadi.

Boshlang’ich nuqta sifatida Tyan’tszin’ bejizga tanlanmagan. Aynan shu port o’zining hajmlari evaziga shunday kemalarni o’zida saqlab tura oladi.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi.

Free WordPress Themes