«Buva, odam bo‘lish uchun nima qilish kerak?» (hikoya)

Girl walking her dog n a hill

Ko‘chada yurgan bir bolakay yeb turgan nonini yoniga kelgan itga berdi. Buni ko‘rgan onasi:

– Nega noningni itga berding? Men o‘zim yemay senga bersam, sen itlarga berasan. Sen bola odam bo‘lmading, boshimga balo bo‘lding, – deb koyidi. Shu atrofda buvasi bilan aylanib yurgan kichkina bola buni ko‘rib buvasidan so‘radi:

– Buva, odam bo‘lish uchun nima qilish kerak?

– Tug‘ilish kerak.

– It ham tug‘iladi, u odammi?

– Yo‘q, tushunmading, odam bo‘lib tug‘ilish kerak.

– Odam bo‘lib tug‘ilib, keyin odam bo‘lmay qolish mumkinmi?

– Mumkin, – dedi buvasi o‘ylanib turib.

– Anavi bola endi odam emasmi?

– Hozircha odam, lekin onasi uning odam bo‘lishini xohlamayapti.

Ulashing | Поделись этим: