2018 yilda Germaniyada birinchi havo taksisi paydo bo'ladi - Dono.uz

2018 yilda Germaniyada birinchi havo taksisi paydo bo’ladi

Joriy haftada E-Volo nemis startapi elektr dvigatelda ishlovchi Volocopter 2X havo taksisini taqdim qildi. 18 ta vint bilan jihozlangan qurilma Germaniyada AERO aviasalonida namoyish qilindi.

Kompaniyaning aytishicha, Volocopter 2X’ning avvalgi modellardan ustunligi shundaki, u avtonom shahar transport vositasi sifatida ishlatilishi mumkin. Boshqa so’zlar bilan aytganda, Volocopter 2X ikki yo’lovchini tashish uchun mo’ljallangan havo taksisidir. Istiqbolda u uchuvchisiz yoki masofadan turib boshqarilishi mumkin.

«2018 yilgacha Volocopter 2X’ning ilk modellari boshqariluvchi taksilar sifatida qo’llanish uchun maxsus ruxsat oladi», deyilgan kompaniya bayonotida.

Kompaniyaning ta`kidlashicha, bunday transport vositasini sport uchuvchilik litsenziyasiga ega istalgan odam boshqara oladi. Ta`kidlanishicha, Volocopter 2X uning balandlik va holatni rostlash avtomatik tizimi hisobga olingan holda oson boshqariladi.

Volocopter 2X vertikal uchadigan va qo’nadigan transport vositalari toifasiga kiradi. Bu esa unga uchish-qo’nish polosasiga ehtiyoj sezuvchi samolyotlar oldida ustunlik beradi.

E-Volo’ning keyingi qadami Germaniya hududida havo taksisi parvozlariga ruxsat olish va ushbu qurilmaning 4 o’rindiqli modelini yaratish bo’ladi.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi.

Free WordPress Themes