Belgiyada birdaniga ikkita ulkan gul gulladi - Dono.uz

Belgiyada birdaniga ikkita ulkan gul gulladi

Belgiyaning Meyze shahridagi botanika bog’ida kamyob holat kuzatildi – bu yerda “murda gul” deya ataluvchi (Titan Arum yoki Amorphophallus titanum) ikkita gul gullagan. Bu haqda RTBF teleradiokompaniyasi xabar berdi.

Dunyodagi eng katta, deya hisoblanuvchi o’simlik balandligi 143 santimetrni tashkil etishi mumkin.

Titan Arum bunday nomni o’zidan tarqaluvchi badbo’y hid tufayli olgan. Faqatgina ro’molcha yordamida yaqindan turib tomosha qilish mumkin bo’lgan bu gul sariq rangdagi katta markaziy qismga ega bo’lib, uning balandligi uch metrgacha yetishi mumkin.

Har 5-10 yilda bir marta va atigi 72 soat davomida gullovchi yirik-o’simlikning og’irligi yuz kilogrammga yetishi mumkin.

Titan Arum Indoneziyaning Sumatra orolida 1878 yilda ilk bora uchratilgan. Uni dunyodagi bir necha botanika bog’laridagina sun`iy ravishda o’stirishga erishishgan.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi.

Free WordPress Themes