Tish va milklarni o'z vaqtida davolamaslik nimalarga olib keladi? - Dono.uz

Tish va milklarni o’z vaqtida davolamaslik nimalarga olib keladi?

Bugungi kunda stomatologga o’z vaqtida borish kerakligi, aks holda bu yomon oqibatalarga olib kelishi mumkinligi haqida ko’p gapiriladi.»Ortodoks» tibbiy portalida tish shifokoriga borishni orqaga suruvchilarni kutayotgan xavfli viruslardan biri to’g’risida britaniyalik tadqiqotchilar ma`lumoti taqdim etildi.

Britaniya tadqiqotchilari keng ko’lamli tajriba o’tkazib, uning natijasida odamdagi papilloma virusi (OPV) milklarning yallig’lanishi, tishlar tushishi va boshqa stomatologik muammolar bilan bevosita bog’liq ekanini aniqlashdi.

Tadqiqot davomida 3,5 ming bemorni muntazam kuzatib borildi.

Ma`lum bo’lishicha, odam papilloma virusi bilan bog’liq muammolar tufayli shifokorlarga ikki karra ko’p murojaat qilgan bemorlarning milk va tishlari nosog’lom bo’lib chiqqan.

Shuningdek insondagi papilloma virusi va og’iz bo’shlig’i saratoni o’rtasidagi bog’liqlik esa tibbiyot xodimlarida yanada ko’p tashvish uyg’otdi.

Odam papilloma virusi papilloma viruslar oilasiga mansub bo’lib, hozirgi kungacha uning 100 ga yaqin turi aniqlangan. Har bir virus tartib raqami bilan raqamlangan bo’lib, bir-biridan irsiy axboroti bilan farqlanadi. Odam papilloma virusi xavfli o’sma kasalliklarini keltirib chiqarishiga ko’ra yuqori, o’rta va past onkogen guruhlariga ajratiladi.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi.

Free WordPress Themes