56 ta maktabda harbiy vatanparvarlik sinflari ochiladi

O‘zbekistonda hukumat qarori bilan umumiy o‘rta ta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarning harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinflari to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Ixtisoslashtirilgan sinflarda o‘qish muddati 5 yildan (7-11 sinflar) iborat bo‘ladi. Mazkur sinflarga 6-sinfni muvaffaqiyatli yakunlagan o‘quvchilar (o‘g‘il va qiz bolalar) qabul qilinadi. 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab ixtisoslashtirilgan sinflarga tanlov asosida 30 nafardan o‘quvchi olinadi. Talabgorlar jismoniy tayyorgarlik sinovlari hamda tegishli fanlar bo‘yicha test sinovlari topshirishlari lozim bo‘ladi.

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan ro‘yxatga ko‘ra, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston va viloyatlardagi 56 ta maktabda harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinflar ochilishi ko‘zda tutilgan.

Ulashing | Поделись этим: