Shakarning kundalik me’yori qancha?

Shakarning kundalik miqdori 80 grammdan oshmasligi kerak. Bu miqdor bir kunda 1-2 choy qoshiq murabbo, bir bo‘lak shirinliklarni hisobga olgan holda belgilanadi.

Bir choy qoshiq shakarning og‘irligi 9 gramm, bir bo‘lak oq qand esa 7 grammni tashkil etadi.
Shakar oshqozonda tezda glyukoza va fruktozaga parchalanib, bir necha daqiqalarda qonga so‘riladi. Va organizm uchun energiya vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Bu miya to‘qimalari, mushaklar tizimi va boshqa organ va to‘qimalar uchun foydali.

Me’yoridan ortiq shakar iste’mol qilish organizm uchun nihoyatda zararli. Chunki ortiqcha shakar organizmda yog‘ga aylanib, ortiqcha vaznga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, qonni quyuqlashtirib, tromb hosil qilishi hamda qandli diabetni keltirib chiqarishi mumkin.

Ulashing | Поделись этим: