Seulda ochilgan dunyodagi eng baland mehmonxonadan fotojamlanma - Dono.uz

Seulda ochilgan dunyodagi eng baland mehmonxonadan fotojamlanma

Seulda yaqinda dunyodagi eng baland mehmonxona Lotte World Tower ochildi. Bu haqda Korea JoongAng Daily nashri ma`lum qildi.

Ushbu osmono’par bino dunyodagi eng baland binolarning yetakchi beshtaligiga kirdi. Bino, shuningdek, Koreya yarimorolidagi eng baland bino hisoblanadi.

Balandligi 555 metr keladigan binoni qurish uchun 7 yil vaqt va 3,6 mlrd dollar talab qilindi. Binoda 123 ta yer usti qavati mavjud bo’lib, uning pastki qavatlaridan do’konlar, banklar va ofislar, tibbiyot va fitnes markazlar joy olgan.

42-101-qavatlarda ofislar, apartamentlar va mehmonxona joylashgan. 108-114-qavatlar butun qavat bilan ijaraga beriladi. Binoning eng baland 117-123-qavatlarida umumiy foydalanish zonalari, misol uchun, tomosha maydonchasi joylashgan. U o’ziga 900 kishini sig’dira oladi. Tomosha maydonchasiga tunnel orqali o’tiladi.

© SeongJoon Cho / Bloomberg
© SeongJoon Cho / Bloomberg
© SeongJoon Cho / Bloomberg

118-qavatdagi tomosha maydonchasidan qush uchadigan balandlikdan ochiladigan manzaralarni, oyoq ostidagi oynavand poldan pastdagi chorrahani ko’rish mumkin.

© SeongJoon Cho / Bloomberg
© SeongJoon Cho / Bloomberg

Mehmonxona vakillarining aytishicha, bino va uning yonida qurilgan Lotte World Mall savdo markazi yiliga 50 mln gacha sayyohni jalb qila oladi.

Ushbu bino bir necha rekord ko’rsatkichlarga ham ega: uning 85-qavatida suzish havzasi joylashgan bo’lib, bu yerda dunyoda eng baland joyda suzish mumkin. Binoda shuningdek dunyodagi eng tez liftda yurish mumkin. Liftning tezligi bir daqiqada 600 metrni tashkil qiladi.

Binoning yana bir o’ziga tortuvchi jihati – unda hayratlanarli 2 ming kishilik konsert zali mavjud.

Binoning ostida Lotte World ko’ngilochar bog’i mavjud bo’lib, unda an`anaviy attraksionlardan tashqari, konki uchish maydonchasi va xalq muzeyi mavjud.

© SeongJoon Cho / Bloomberg
© SeongJoon Cho / Bloomberg

Binoda shuningdek noyob akvarium mavjud bo’lib, unda mayda baliqlardan tortib kit va delfinlargacha turli dengiz jonzotlarini uchratish mumkin.

Bino qurilishi bilan bog’liq yana bir qiziq fakt: bino qurilishi 2005 yilda boshlangan, biroq u joylashgan hududning aerodromga yaqinligi sababli bu yerda balandlik cheklovi mavjud bo’lib, shu tufayli uning qurilishi to’xtab qolgandi. Mehmonxona qurilishini davom ettirish uchun aerodromning uchish-qo’nish polosasini 3 gradusga surishga va buning uchun 100 mln dollar sarflashga to’g’ri kelgan.

© SeongJoon Cho / Bloomberg
© SeongJoon Cho / Bloomberg
© SeongJoon Cho / Bloomberg
© SeongJoon Cho / Bloomberg

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi.

Free WordPress Themes