“Tom va Jerri” multiplikatori 95 yoshida vafot etdi

Pragada “Tom va Jerri” multfilmi yaratuvchilaridan biri amerikalik multiplikator-rassom Jin Deych vafot etdi.

Ta’kidlanishicha, Deych 17-aprel kechasi olamdan o‘tgan. Rassomning o‘limiga nima sabab bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan. Deych 95 yoshda bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, rejissor umrining so‘nggi kunlarini Pragadagi uyida o‘tkazgan.

Jin Deych “Tom va Jerri” multiplikatsion serialning o‘n uchta epizodida rejissor sifatida ishtirok etgan, shuningdek, “Dengizchi Papay” multseriali ustida ham ishlagan. Bundan tashqari, u “Monro” va “Nudnik” kabi multfilmlarni, shuningdek, “Tom Terrifik” multserialini yaratgan. 1960-yilda ekran yuzini ko‘rgan qisqa metrajli “Monro” multfilmi “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan.

Ulashing | Поделись этим: